Myuller Levandovskidan "Bavariya"da qolishni so'ramoqda
02 iyu 2022 20:47
Yangiliklar
Myuller Levandovskidan "Bavariya"da qolishni so'ramoqda
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller jamoa yulduzi Robert Levandovskining Myunxen klubini tark etish istagi haqida gapirdi.
Germaniyalik hujumchining fikricha, u polshalik to'purarning jamoada qolishini istaydi.
"Hujumdagi sherigim qolishini istardim. Biz birgalikda bunday vaziyatlardan ko'p marta o'tganmiz. Frank Riberi "Real"ga o'tishni xohlagani esimda. Lekin aniq aytish mumkinki, klub bilan amaldagi shartnomasi bo'lgan har bir futbolchi o'zini yana ko'rsatishni niyat qiladi. CHunki yomon o'yin hech bir futbolchi va klubga zavq bag'ishlamaydi", – dedi Myuller.
Levandovski o'tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 50 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar