Myuller Lamning rekordini takrorladi

Mirjalol Normatov
4 apr 2018, 14:43
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller YCHL 1/4 finali doirasida "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etdi.

28 yoshli futbolchi turnirda 65-g'alabasiga erishdi va klubning sobiq futbolchisi Filipp Lamning rekordini takrorladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu natijani qayd etish uchun Myullerga 96 uchrashuv kerak bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbayern