Myuller: "Bundesligada ikkita ketma-ket mag'lubiyatga qaramasdan, biz to'g'ri yo'nalishda odimlayotganimizni his qilmoqdamiz"
11 dek 2019 20:05
Yangiliklar


Myuller: "Bundesligada ikkita ketma-ket mag'lubiyatga qaramasdan, biz to'g'ri yo'nalishda odimlayotganimizni his qilmoqdamiz"
"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller "Tottenhem"ga qarshi o'yindan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Tomas Myuller: "Bundesligada ikkita ketma-ket mag'lubiyatga qaramasdan, biz to'g'ri yo'nalishda odimlayotganimizni his qilmoqdamiz. "Bavariya" bilan qatorasiga 2 ta o'yinda yutqazib qo'yganim, keyin esa matbuot bizga bosim o'tkazganini bilmayman. Men o'zimni deyarli noqulay his qilyapman. O'sha o'yinlarda yaxshi vaziyatlarni o'tkazib yubordik va oxirgi uzatmalar 10 sm noaniq bo'lgan holatlar ham ko'p bo'ldi".
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" so'nggi ikki o'yinda "Borussiya M" va "Bayer Leverkuzen" jamoalariga bir xil 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar