Myuller: Bavariya Gvardiola paytidagidek o'yinni nazorat qilmaydi”
24 fev 2020 22:24
Yangiliklar


Myuller: Bavariya Gvardiola paytidagidek o'yinni nazorat qilmaydi”
“Bavariya” hujumchisi Tomas Myullerning aytishicha, uni jamoasi Xosep Gvardiola murabbiyligi vaqtidagidek o'yinni to'liq nazorat qilmayapti.
“Men uchun o'yin strustukturasi judayam muhim. Bu soat mexanizmi singari tiniq ishlashi lozim. Men jarima maydonchasi oldida to'pni qabul qilib olib, uch nafar futbolchini alday oladigan futbolchilar toifasidan emasman. Biz o'yinni nazorat qilayotganimizda va to'p bilan ko'proq muomalada bo'layotganimizda o'yinga kirishib ketishim osonroq. Ammo biz Gvardiola vaqtidagidek o'yin nazoratini o'z qo'limizga olmayapmiz. Bazida shu darajada vahimali bo'lardiki, maydonda har qanday holat yuz berishi mumkin edi. Menimcha bu o'yinimizni muxlislar uchun yanada qiziqarliroq qilandi”, deya Myullerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Athletic.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar