MYU - "Yuventus" uchrashuvining eng yomon futbolchisi malum bo'ldi
24 okt 2018 22:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459579_original.jpg)
![](/upload/storage/459579_220.jpg)
MYU - "Yuventus" uchrashuvining eng yomon futbolchisi malum bo'ldi
Kecha "Manchester Yunayted" ECHL 3-turi doirasida "Yuventus"ga qarshi uchrashuv o'tkazdi.
Unda mankunianliklar nursiz o'yinlari bilan o'z maydonida mag'lubiyatga uchradi.
Uchrashuv yakunlariga ko'ra, bahsning eng yomon futbolchisi malum bo'ldi.
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku bu nomga loyiq ko'rildi. U uchrashuv davomida darvozaga bir marta zarba bergan va bu ham noaniq bo'lgan. SHuningdek, jamoadoshlarini xavfli vaziyatga ham chiqarib bera olmagan. Romelu 32 marta to'pga tegingan. Bu esa maydondagi futbolchilar bilan solishtiradigan bo'lsak, eng past natija bo'ldi. SHuningdek, belgiyalik o'sha paslarining 72,7 foizini aniq bergan. Bu borada ham u barcha futbolchilardan ortda qolgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar