MYU yozda uchta katta transfer amalga oshirmoqchi
01 iyu 2021 00:30
Yangiliklar
MYU yozda uchta katta transfer amalga oshirmoqchi
"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" yozda katta transferlar amalga oshirishni niyat qilmoqda.
Unga ko'ra, "Real" himoyachisi Rafael Varan, "Vest Xem" xavbeki Deklan Rays hamda "Borussiya" vingeri Jeydon Sancho "qizil iblislar" tarkibiga o'tishi mumkin.
"Real" shundoq ham yozda futbolchisini sotib yubormoqchi. "Vest Xem" ham Raysning narxini pasaytirishga tayyor. Faqatgina Jeydon Sancho borasida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Uning xizmatlariga "Manchester Siti" hamda "CHelsi" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
SHuningdek, Pau Torresning o'yinlari ham mankunianliklarga maqul kelgan. U ayni damda Varanga alternativ sifatida ko'rilmoqda.
Fikrlar