MYU yoki "Arsenal" yangi ochiladigan stadionda o'ynashi mumkin
17 noy 2018 20:13
Yangiliklar
MYU yoki "Arsenal" yangi ochiladigan stadionda o'ynashi mumkin
"Tottenxem" stadionining ochilishi kechikishi mumkin.
Angliyaning "The Times" nashri xabariga ko'ra, yangi stadion keyingi yilning 13 yanvar kunida "Manchester Yunayted" yoki 2 mart kunidagi "Arsenal"ga qarshi derbi o'yinida ochilishi mumkin. Mutaxassislar aytilgan ikkinchi o'yinda stadion ochilishi haqiqatga yaqin ekanligini aytishmoqda.
Dekabr oyida "shporlar" ushbu stadionda o'tadigan ilk o'yin qachon bo'lishini rasman elon qilishlari kutilmoqda. "Tottenxem" "Uembli" stadionini 2018 yilning oxiriga qadar ijaraga olishgan.
Fikrlar