MYU "Vest Xem" futbolchisini 50 million funtga sotib oladi
13 jan 2020 18:31
Yangiliklar
MYU "Vest Xem" futbolchisini 50 million funtga sotib oladi
"Vest Xem" xavbeki Deklan Rays "Manchester Yunayted" o'yinchisiga aylanishi mumkin.
"Qizil iblislar" 20 yoshli o'yinchini yozdagi bosh transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda.
Xabar qilinishicha, Raysning "Manchester Yunayted"ga o'tishi ingliz klubi uchun 50 million funtga tushadi.
Xavbek joriy mavsum "Vest Xem" safida APLda 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assistga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Deklan Rays 2018-2019 yillar Irlandiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. SHu yildan esa Angliya terma jamoasida o'ynamoqda.
Fikrlar