MYU “Vest Bromvich”ga qarshi 2ta nazorat bahsi o'tkazdi, Pogba va Fernandesh ilk bor birga o'ynadi
13 iyu 2020 19:25
Yangiliklar


MYU “Vest Bromvich”ga qarshi 2ta nazorat bahsi o'tkazdi, Pogba va Fernandesh ilk bor birga o'ynadi
Juma kuni “qizil iblislar” o'z maydonida CHempionship vakili “Vest Bromvich”ga qarshi 2ta o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi.
Ilk bahsda Ole Gunnar Sulsher jamoasi tarkibida Pol Pogba va Brunu Fernandesh birgalikda harakat qilishdi hamda o'yin MYUning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. Qayd etilishicha, Fernandesh penaltini aniq amalga oshira olmagan.
2-bellashuvda esa manchesterliklar Andreas Pereyraning dubli va Tait CHongning goli evaziga raqiblarini 3:1 hisobida taslim etishdi. SHuningdek, yanvar oyindan buyon ilk marta maydonda Markus Reshford ko'rinish bergan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar