MYU vakillari Gvardiola bilan Parijda uchrashishdi
22 jan 2016 08:27
Yangiliklar


MYU vakillari Gvardiola bilan Parijda uchrashishdi
Bavariya ustozi Xosep Gvardiola o'tgan hafta Manchester Yunayted vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda France Football nashri.
Uchrashuv Parijdagi Bristol mehmonxonasida bo'lib o'tdi, deb yozadi FF jurnalisti Terri Marshan. Eslatib o'tamiz, dekabr oyida Gvardiola mavsum tugagach Bavariyani tark etishini malum qilgandi. U o'z kuchini Angliya premer-ligasida sinab ko'rmoqchi ekanini aytib o'tgandi.
MYU 37 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 5-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar