MYU va "Tottenxem" "CHelsi"ning sobiq futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
09 okt 2018 18:55
Yangiliklar
MYU va "Tottenxem" "CHelsi"ning sobiq futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
Qishki transferlar oynasi vaqtida Joze Mourino "Manchester Yunayted"ning himoya chizig'ini mustahkamlamoqchi.
Daily Star xabariga ko'ra, "qizil iblislar"ning maqsadi - "Bornmut" himoyachisi Natan Ake bo'ldi. Futbolchi bir vaqtlar "CHelsi"da Mourino bilan faoliyat olib borgan. Gollandiyalik futbolchi 23 mln evroga baholanmoqda.
Akega shuningdek, "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda. Jamoa uni qishda ketishi mumkin bo'lgan Tobi Alderveyrldning o'rniga olib kelmoqchi.
Ake bu mavsum "Bornmut" safida barcha 8 turda ishtirok etdi.
Fikrlar