So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

MYU va PSJga qatarliklar egalik qilsa, nima bo'ladi? Yangiliklar

MYU va PSJga qatarliklar egalik qilsa, nima bo'ladi?

Ularning ikkisi ham CHempionlar Ligasida o'ynay oladimi?

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi ham xuddi PSJ kabi Qatar mulki ostiga o'tishi mumkin. Biroq kelishuv chindanda amalga oshsa, bu bir qator kutilmagan oqibatlarga olib kelishi ehtimoli bor.

Ayni paytda klubga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi o'tgan yilning noyabr oyida Premer liga gigantining malum ulushiga takliflarni eshitishga tayyor ekanliklarini elon qildi.

Biroq shundan keyingi xabarlar "Yunayted" egalarining endi klubni to'liq sotib olish bo'yicha takliflarga qiziqib qolganini ifodaladi.

Eng so'nggi qiziqish keyingi bir necha kun ichida Gleyzerlar uchun eng jozibali taklif bilan chiqishi kutilgan Qatar guruhidan bo'ladigan ko'rinadi.

Biroq agar bir guruh Evropa musobaqalarida ikkita klubga egalik qilsa, bu katta muammo tug'diradi.

Qatar bir vaqtning o'zida PSJ va "Manchester Yunayted"ga egalik qilsa nima bo'ladi?

Turli mamlakatlarda bir paytning o'zida ikkita klubni sotib olish borasida hech qanday cheklovlar yo'q.

Misol uchun, "Manchester Siti" egalari butun dunyo bo'ylab yana 10 ta futbol klubni o'z mulklariga qo'shib olishgan.

Yani "Pari Sen Jermen" egasi hisoblanadigan Qatar guruhi – Qatar Sports Investment "Manchester Yunayted" uchun ham taklif bilan chiqishga haqli.

Ikki jamoa ham CHempionlar Ligasida o'ynay oladimi?

Oddiygina javob berilsa, yo'q.

UEFA 1998 yilda "UEFA klublar musobaqalarining integraciyasi: klublarning mustaqilligi" qoidasini joriy qildi. Unda UEFA musobaqalarida ishtirok etuvchi ikkita klub bir xil mulkdorlar guruhi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilishi mumkin emasligi ko'rsatilgan.

Bu quyidagilar bilan belgilanadi:

- UEFA klublar musobaqasida ishtirok etuvchi boshqa bir klubning ovoz berish huquqining katta qismiga egalik qilish:

- UEFA klublar musobaqasida qatnashuvchi boshqa bir klubning ko'pchilik direktorlarini tayinlash va lavozimidan ozod qilish huquqi:

- Xuddi shu musobaqalarda ishtirok etuvchi boshqa bir klubning ovoz berish huquqiga ega bo'lgan ko'pgina akciyadorlariga egalik qilish (akciyadorlar kelishuvi orqali).

SHu sababli agar Qatar guruhi "Manchester Yunayted"ga egalik qilsa, ushbu klub va PSJ CHempionlar Ligasiga yo'llanma olgan bo'lsa, egalik qiluvchilar guruhi mazkur turnirda kim o'ynashini tanlashiga to'g'ri keladi.

Ushbu qoidalar raqobatning yaxlitligini himoya qilish uchun kiritilgan.

Qatarlik xaridorlar PSJga egalik qilayotgan odamlarmi?

Malum bo'lishicha, "Manchester Yunayted" uchun taklif QSI’ning bir qismi bo'lmagan alohida investorlar guruhidan kelmoqda.

Biroq bu ular o'rtasidagi ehtimoliy aloqalarni o'rganib chiqish uchun biror bir egalik tekshiruvidan o'tkazilishi kerak.

"The Sun" nashri "qizil iblislar" tarafdorlarining klubning Osiyo qitsidan kelgan boy investorlar tomonidan sotib olinishiga munosabatini o'rganishga harakat qildi. Ovoz berish natijalariga ko'ra, o'zini chin MYU muxlisi deb hisoblovchilar 48 foizlik ovoz bilan buni qo'llab-quvvatlashlarini bildirdi. 32.5 foiz fanatlar esa bunga qarshi.


Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика