MYU va "Liverpul"ning sobiq futbolchilari muxlislarining noroziligiga munosabat bildirdi
02 may 2021 22:25
Yangiliklar
MYU va "Liverpul"ning sobiq futbolchilari muxlislarining noroziligiga munosabat bildirdi
Ishqibozlar “qizil iblislar” rahbariyatidan norozi bo'lmoqda.
“O'ylashimcha, “Yunayted” muxlislarini toqati toq bo'ldi. Ular klubni sevishadi va bu nafrat nafaqat oxirgi bir necha hafta, balki yillar davomida shakllanib keldi. Bunday norozilik bilan o'yinning bekor qilinishiga olib kelish juda ko'p narsani anglatadi! Ushbu muxlislarni faqatgina olqishlash mumkin, ularni tanqid ham qilolmayman”, deydi Roy Kin.
“Gleyzerlar bo'lgan voqeada faqat o'zlarini ayblashlari mumkin. “Yunayted” muxlislarining bugungi harakatini maqullayman. Futbol klublarida sodir bo'layotgan noto'g'ri ishlarga qarshi norozilik namoyishlarini to'liq qo'llab-quvvatlayman”, deydi Jeymi Karrager.
“Yaqinda Joel Gleyzer o'z murojaatida muxlislarning ishonchini qaytarishni istayotgani haqida aytgandi. Biroq, u hech qachon bu ishonchga ega bo'lmagan”, deydi Gari Nevill.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar