MYU va Garnacho shartnomani 2028 yilgacha uzaytirish bo'yicha kelishib olishdi
20 fev 2023 18:35
Yangiliklar
MYU va Garnacho shartnomani 2028 yilgacha uzaytirish bo'yicha kelishib olishdi
Alexandro Garnacho "Manchester Yunayted" bilan kelishuv muddatini uzaytirishga yaqin.
Klub va yarim himoyachi shartnomani 2028 yilgacha uzaytirish borasida og'zaki kelishib olishdi. Tomonlar bazi detallarni aniqlashtirib olishsa bo'lgani.
Yangi shartnomada futbolchining maoshi ham oshadi. SHuningdek, keyinchalik o'yini o'sib borishiga qarab raqamlar o'zgarib boraveradi.
18 yoshli futbolchining shartnomasi uzaytirilgani haqida rasman yaqin haftalar ichida elon qilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Garnachoning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Fikrlar