MYU transfer qilmoqchi bo'lgan o'yinchi yozda klubidan ketmaydigan bo'ldi
29 fev 2020 11:55
Yangiliklar


MYU transfer qilmoqchi bo'lgan o'yinchi yozda klubidan ketmaydigan bo'ldi
"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish MYUning qiziqishiga qaramay klubda qolishga qaror qildi.
"Qizil iblislar" 24 yoshli ingliz futbolchisini markazda Pol Pogbaning o'rinbosari sifatida ko'rayotgan edi, bunga sabab Pogba jamoadan ketishga yaqin.
Manchesterliklarning qiziqishiga qaramay Grilish "Villa Park"dan ketmaslikka qaror qildi.
Jek Grilish joriy mavsum jamoasi safida 29ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
01:42
Ferdinand Fernandeshning "Al Hilol"ga rad javobi haqida: "Bu uning sadoqatidan dalolat beradi" 0

Fikrlar