MYU Sulsherning o'rniga Allegrini olib kelmoqchi

Alisher
25 sen 2019, 11:11
"Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Manchester Yunayted"da Ole-Gunnar Sulsherning o'rnini egallashi mumkin.

Bunga sabab esa "Manchester Yunayted"ning joriy mavsum startini omadsiz boshlaganidan.

Sulsherning o'rniga bosh nomzod Massimiliano Allegri bo'lib turibdi. Zaxira varianti esa Loran Blandir.

MYU rahbariyati hozirda norvegiyalikka imkoniyat taqdim etmoqda, ammo har yangi omadsizlik uning bosh murabbiylikdagi oxirgi o'yini bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APLning dastlabki 6 turidan so'ng 8 ochko bilan jadvalning 8-o'rnida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.it