MYU sobiq darvozaboni 43 yoshida faoliyatini tikladi
27 mar 2021 23:14
Yangiliklar
MYU sobiq darvozaboni 43 yoshida faoliyatini tikladi
SHimoliy irlandiyalik taniqli darvozabon Roy Kerroll "Dangannon Svifts" bilan shartnoma imzoladi.
43 yoshli futbolchi 2019 yilda yakunlagan faoliyatini yana davom ettirishga qaror qildi.
Kerroll 2001-2005 yillarda "Manchester Yunayted" tarkibida o'ynagani bilan ko'pchilikka tanish.
"Dangannon Svifts" – SHimoliy Irlandiya Premer-ligasi qatnashchisi. Jamoa 25 turdan keyin jadvalda so'nggi o'rinda bormoqda.
Fikrlar