MYU skauti "Portu" bilan o'yinda "Lion" forvardi Dembeleni kuzatdi
11 mar 2022 15:20
Yangiliklar


MYU skauti "Portu" bilan o'yinda "Lion" forvardi Dembeleni kuzatdi
"Manchester Yunayted" "Lion" hujumchisi Mussa Dembelega qiziqmoqda.
Angliya klubi shartnomasi yakunlanayotgan Edinson Kavani va Jessi Lingard sabab tarkibni yozda kuchaytirmoqchi. SHuningdek klub Markus Reshford, Antoni Marsyal va Krishtianu Ronalduning kelajagidan xavotirda.
"Manchester Yunayted" skauti Dembeleni kuzatish uchun "Lion"ning "Portu" (1:0)ga qarshi Evropa Ligasi 1/4 final o'yiniga borgan. 25 yoshli futbolchi ushbu o'yinda Lukas Paketaga assist ijro etdi.
MYU Dembeleni 2015/16 yilgi mavsumdan beri kuzatadi. U o'sha paytda "Seltik"da o'ynardi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
00:40
Angliya kubogi. "Manchester Siti" "Plimut"ga qarshi kambek qayd etib, keyingi bosqichga yo'l oldi 34

Fikrlar