MYU Ronalduning agenti bilan bog'landi (Nikolo Skira)
23 apr 2021 20:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/633335_original.jpg)
![](/upload/storage/633335_220.jpg)
MYU Ronalduning agenti bilan bog'landi (Nikolo Skira)
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortga qaytarmoqchi.
"Qizil iblislar" portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan bog'lanib, uning ehtimoliy transferini muhokama qilishdi, deya xabar tarqatdi taniqli insayder Nikolo Skira.
Avvalroq Ronalduning o'zi ham Manchesterga qaytishni xohlayotgani, buning uchun maoshining kamayishiga tayyorligi to'g'risida xabar qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli o'yinchi 2003-2009 yillarda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan edi. U MYU bilan 3 marta Angliya chempioniga aylangan va CHempionlar Ligasining 2007/08 yilgi mavsumida zafar quchgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar