MYU "Portu" himoyachisini qanchaga sotib olishi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
4 okt 2020, 21:25
“Portu” himoyachisi Aleks Telles faoliyatini “Manchester Yunayted” bilan bog'lashga yaqin turibdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, tomonlar futbolchining transfer narxi bo'yicha kelishib oldi.

Qayd etilishicha, bitiming qolgan qismi yaqin soatlarda hal qilinadi va braziliyalik tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Manchesterga uchib keladi. MYU Tellesni bonuslar bilan birga 15 mln evroga sotib oladi. “Portu” ko'proq summani xohlagandi, ammo o'yinchining o'zi bunga ko'nmadi.

Portugaliyalik o'tgan mavsum klub safida 49 o'yinda qatnashib, 13+12 natija ko'rsatgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano