MYU Pogba bilan 83 mln funt evaziga xayrlashishga tayyor
10 may 2021 08:38
Yangiliklar
MYU Pogba bilan 83 mln funt evaziga xayrlashishga tayyor
"Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba yozda klubdan ketishi mumkin.
"Qizil iblislar" rahbariyati o'yinchining klubdan ketishni xohlayotgani borasidagi xabarlarni eshitishdan charchadi, MYU shu sabab uning so'rovini qondirishga qaror qildi.
Klub agar 83 million funtlik taklif kelib tushsa, o'yinchi bilan xayrlashadi. Pogba uchun "Real" va "Yuventus" davogarlik qilmoqda.
Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar