MYU o'z darvozabonini "Everton"ga ijaraga bermadi
13 okt 2020 14:01
Yangiliklar
MYU o'z darvozabonini "Everton"ga ijaraga bermadi
"Manchester Yunayted" o'z darvozaboni Serxio Romeroni transfer oynasining so'nggi kunida "Everton"ga ijaraga bermadi.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, Liverpul shahri klubi argentinalik posbonni bir yillik ijarasi uchun 2 million funt taklif qilgan hamda uning maoshini (haftasiga 100 ming funt) to'lab berishini malum qilgan.
Biroq MYU Romeroni 8 million evroga sotmoqchi bo'lgan va "Everton" "Roma"dan Robin Olsenni ijaraga olgandi.
Fikrlar