So’nggi yangiliklar

08:01Суперлига. Бугун 2-даврага старт берилади  0 07:30Sofascore. Элдор Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  25 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  7 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3

MYU moliyaviy barqarorligi uchun yuzlab xodimlarni bo'shatgan klub endi chiptalar narxini oshirmoqda Yangiliklar

MYU moliyaviy barqarorligi uchun yuzlab xodimlarni bo'shatgan klub endi chiptalar narxini oshirmoqda

"Manchester Yunayted" kelgusi mavsumdan abonement narxlarini oshirishini elon qildi.

Angliya klubi 2025/26 yilgi mavsumdan boshlab uy o'yinlari uchun mavsumiy abonement narxlarini taxminan besh foizga – o'rtacha har bir o'yinga 2,50 funtga oshirishini malum qildi.


Shunga qaramay, klub 16 yoshdan kichik muxlislar uchun narxlarni muzlatib qo'ydi, "bu esa klubning "Old Trafford"ga kelgusi avlod muxlislari uchun kirish imkoniyatini saqlab qolishga bo'lgan intilishini aks ettiradi".


"Boshqa toifalar uchun narxlarni oshirish muxlislar uchun chiptalarni xarid qilish imkoniyatini saqlash va klubning moliyaviy barqarorligini taminlash o'rtasida muvozanatni taminlashga qaratilgan", – deyiladi bayonotda.


"Qatorasiga 11 yil davomida o'zgarmagan narxlardan so'ng, oxirgi ikki mavsumda narxlarni besh foizga oshirdik va operacion xarajatlarning uzluksiz o'sishini qoplash uchun bu ishni kelgusi mavsumda ham amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz.


Inflyaciyani hisobga olgan holda, narxlar o'n yil oldingiga nisbatan ancha past va Angliyaning shimoliy g'arbidagi o'xshash klublar bilan bir xil darajada qolmoqda.


Biz narxlarning har qanday oshishi noxushligini tushunamiz, ayniqsa jamoa yuqori natijalar ko'rsatmayotgan davrda. Shuning uchun narxlarni muzlatib qo'yish taklif qilingan dalillarni diqqat bilan eshitdik.


Biroq, xarajatlar o'sib borayotgan va klub moliyaviy muammolarga duch kelayotgan bir paytda narxlarning avvalgi darajada saqlanib qolishi to'g'ri bo'lmas edi, deb hisoblaymiz.


Biz eng yosh mavsumiy abonement egalariga har qanday narx oshirishdan himoya qildik, shu bilan birga klubga jamoani yaxshilash uchun etarli moliyaviy zahirani taminladik", – dedi "Manchester Yunayted"ning ijroiy direktori Omar Berrada.


Oldinroq, MYU rahbariyati klubning moliyaviy barqarorligini saqlab qolish uchun bir necha yuz xodimlarni ishdan bo'shatgan edi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика