MYU Lindelofga qancha maosh taklif qilayotgani malum bo'ldi
13 sen 2019 00:29
Yangiliklar


MYU Lindelofga qancha maosh taklif qilayotgani malum bo'ldi
"Manchester Yunayted" rahbariyati himoyachi Viktor Lindelofga yangi shartnoma borasida ajoyib taklif qo'ydi.
"The Sun" xabariga ko'ra, mankunianliklar futbolchi uchun haftasiga 150 ming funt maosh to'lashga tayyor turishibdi. Bu uning hozirgi maoshidan ikki baravarga ko'p degani.
Qayd etilishicha, u bilan shartnomaning uzaytirilishini Ole-Gunnar Sulsher istamoqda. U Xarri Maguayr bilan ideal sherik bo'la oladi.
Malumot uchun, shveciyalikning MYU bilan shartnomasi 2022 yilda yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar