MYU Kavaniga qo'yilayotgan aybga o'z munosabatini bildirdi

Eldor Akmurzayev
17 dek 2020, 19:50
Avvalroq, Angliya futbol assotsiatsiyasi Edinson Kavanini irqchilik qilganlikda aybdor deb topgandi.

Gap shundaki, forvard APL 10-turi doirasida o'tgan “Sautgempton”ga (3:2) qarshi bahsdan so'ng, Instagram'dagi storisiga foydalanuvchiga javob tariqasida "Rahmat, qoravoy" (Gracias negrito). deya yozilgan rasm joylagandi. Futbolchining o'zi ushbu holatni "negrito" so'zi o'z vatanida erkalash manosida ishlatilishi bilan tushintirgan.

“Edinson va “Manchester Yunayted” futbolchi hech kim xafa qilmoqchi emasligini takidlaydi, rasmni qo'ygandan ko'p o'tmay u storisini o'chirib tashladi va kechirim so'radi. Ayblovlarni o'rganmoqdamiz va ularga javob qaytaramiz”, deb yoziladi klub xabarida.

33 yoshli urugvaylik 3 o'yinga chetlatilishi mumkin.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com