MYU Igaloni APLga qaytarmoqchi
24 jan 2020 19:13
Yangiliklar


MYU Igaloni APLga qaytarmoqchi
"Manchester Yunayted" jarohatlangan Markus Reshfordning o'rnini boshqa hujumchi bilan to'ldirmoqchi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, mankunianliklar qiziqishlari doirasiga "Monako"da ijarada o'ynayotgan "Lester" hujumchisi Islom Slimani hamda "SHanxay SHenxua" tarkibida o'ynayotgan Odion Igalo kabi hujumchilar tushib qolgan. Ushbu ikki futbolchilardan biri 6 oyga ijaraga olinishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Reshford jarohati sababli 3 oyga safdan chiqdi.
Slimani ushbu mavsumda Franciya chempionatida 13 o'yinda 7tadan gol va assistentlik qayd etgan bo'lsa, Igalo o'tgan mavsumda Xitoy chempionatidagi 17 o'yinida 10 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar