MYU himoyachisi "Napoli"ga yo'l olishi mumkin
30 dek 2024 18:28
Yangiliklar


MYU himoyachisi "Napoli"ga yo'l olishi mumkin
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk SHou faoliyatini Italiyada davom ettirish ehtimoli mavjud.
Xabarlarga ko'ra, ingliz futbolchisiga "Napoli" qiziqmoqda. Neapolitan klubi bosh murabbiyi Antonio Kontening shaxsan o'zi futbolchini jamoasida ko'rmoqchi.
SHou ushbu mavsum "Manchester Yunayted"da bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt uni 20 mln evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar