MYU himoyachisi Afrika Kubogini o'tkazib yuboradi
29 apr 2019 21:11
Yangiliklar


MYU himoyachisi Afrika Kubogini o'tkazib yuboradi
"Manchester Yunayted" himochisi Erik Bayi jarohati sababli mavsum oxiriga qadar safdan chiqdi.
25 yoshli futbolchi kecha APLning 36-turidan o'rin olgan "CHelsi"ga qarshi o'yinda (1:1) tizzasidan jarohat olgan edi. Bayi endilikdp Afrika Kubogini o'tkazib yuborishi malum bo'ldi. Ushbu musobaqa Misrda 21 iyun-19 iyul kunlari bo'lib o'tadi.
Ole-Gunnar Sulsher ihtiyorida ikkita himoyachi: Markos Roxo va Viktor Lindelyof qoldi. Fil Jons va Kris Smolling jismoniy muammo tufayli kechagi bahsda qatnasha olishmadi.
Kot-D'Ivuar terma jamoasi azosi joriy mavsum APLda 12 ta o'yinda qatnashib, 1 marta maydondan chetlatilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar