MYU himoyachisi Afrika Kubogini o'tkazib yuboradi

29 apr 2019, 21:11
"Manchester Yunayted" himochisi Erik Bayi jarohati sababli mavsum oxiriga qadar safdan chiqdi.

25 yoshli futbolchi kecha APLning 36-turidan o'rin olgan "Chelsi"ga qarshi o'yinda (1:1) tizzasidan jarohat olgan edi. Bayi endilikdp Afrika Kubogini  o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi. Ushbu musobaqa Misrda 21 iyun-19 iyul kunlari bo'lib o'tadi. 

Ole-Gunnar Sulsher ihtiyorida ikkita himoyachi: Markos Roxo va Viktor Lindelyof qoldi. Fil Jons va Kris Smolling jismoniy muammo tufayli kechagi bahsda qatnasha olishmadi.

Kot-D'Ivuar terma jamoasi a'zosi joriy mavsum APLda 12 ta o'yinda qatnashib, 1 marta maydondan chetlatilgan.   

O'xshash yangiliklar


Manba: manutd.com