MYU "Galatasaroy"dan Fredning ijarasi uchun 2 million evro talab qilmoqda
15 iyu 2019 13:28
Yangiliklar


MYU "Galatasaroy"dan Fredning ijarasi uchun 2 million evro talab qilmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fred "Galatasaroy"ga o'tishi mumkin.
Turk klubi MYUga futbolchining ijarasi borasida taklif tayyorlamoqda.
O'z o'rnida inglizlar ham braziliyalikni ijaraga berishga qarshi emaslar. Buning uchun turklar MYUga 2 million evro to'lashsa bas. "Qizil iblislar" endilikda "Galatasaroy"ning javobini kutmoqda.
Fred "Manchester Yunayted"ga o'tgan yil yozda "SHaxtyor"dan 59 million evro evaziga o'tgan edi.
Yarim himoyachi "Galatasaroy"da "Sevilya"ga ketgan Fernando Rejesning o'rnini egallashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, MYUdagi dastlabki mavsumida omadi chopmagan futbolchi yakunlangan mavsum atigi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar