MYU futbolchisini CHempionship favoritiga ijaraga beradi
27 avg 14:51
Yangiliklar
MYU futbolchisini CHempionship favoritiga ijaraga beradi
Angliyaning "Byornli" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Hannibal Mejbrini ijaraga olishiga bir qadam qoldi.
Klublar o'rtasida og'zaki kelishuv mavjud.
Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, ijara faqat bir mavsumga mo'ljallangan. Biroq shartnomada sotib olish imkoniyati mavjud bo'ladi.
Yarim himoyachi 2019 yilda "iblislar" akademiyasiga kelib qo'shilgan. Keyinchalik futbolchi asosiy jamoada debyut qilgan. U mankunianlar libosida 13 o'yin o'tkazgan. Futbolchi o'tgan mavsum ijara asosida Ispaniyaning "Sevilya" klubida o'ynagandi.
"Byornli" bugungi kunda CHempionshipda o'ynamoqda. Klub uch turdan keyin ikki g'alaba va bir mag'lubiyatga ega. Jamoa navbatdagi o'yinni 31 sentyabr kuni "Blekbern"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar