MYU futbolchisi kelishilgan o'yinda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda
16 dek 2014 01:59
Yangiliklar


MYU futbolchisi kelishilgan o'yinda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera, "Atletiko" sardori Gabi va Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Agirrelar katta mojaroga sabab bo'lishmoqda.
Ispaniya chempionatining 2010/2011 yilgi mavsumi so'nggi tur o'yinida "Saragosa" "Levante"ni mag'lub etib, elitada o'z o'rnini saqlab qolgan edi.
Ushbu o'yin yuzasidan prokuratura ish ochgan. Futbolchilar o'sha o'yinni sotishgani uchun 965 ming evro haq olishgani aytilmoqda.
"Saragosa"ning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Xaver Agirre, Ander Errera va Gabi kabi futbolchilar ham gumon ostiga olinishmoqda.
Oktyabr oyida "Atletiko" sardori Gabi bu uchrashuvni kelishilgan o'yin bo'lganligini aytib o'tgandi.

Fikrlar