MYU futbolchisi "Everton"ga o'tishi mumkin
26 sen 2020 11:00
Yangiliklar


MYU futbolchisi "Everton"ga o'tishi mumkin
"Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romero "Everton"ga o'tishi mumkin.
"Everton" vakillari 33 yoshli darvozabonning ehtimoliy transferini muhokama qilishgan. Uni Liverpul va Angliya terma jamoasining asosiy darvozaboni Jordan Pikford uchun raqobatchi qilishmoqchi.
Klublar hali muzokaralarga kirishishmagan, ammo Romeroning o'zi aynan "Everton"ga o'tishga jiddiy qiziqmoqda. Uning manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Romero MYUga 2015 yilda "Sampdoriya"dan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar