"MYU Fergyuson qo'l ostida dunyoning top-klubi edi va har kim bilan shartnoma imzolay olardi, hozir esa..." - Kantona
13 jan 2023 13:13
Yangiliklar
"MYU Fergyuson qo'l ostida dunyoning top-klubi edi va har kim bilan shartnoma imzolay olardi, hozir esa..." - Kantona
Sobiq hujumchi Erik Kantona "Manchester Yunayted"ning top-futbolchilar uchun qanchalik jozibadorligiga baho berdi.
"Agar Aleks Fergyuson biror o'yinchini, hattoki dunyoning eng yaxshilaridan birini sotib olmoqchi bo'lsa, ular ketishga tayyor edi, chunki jamoa Angliyada ham, Evropada ham g'alaba qozonardi. MYU dunyoning asosiy klubi edi va istalgan futbolchini sotib olishga qurbi etardi.
Hozir hammasi boshqacha. Eng yaxshilar g'alaba qozonadigan jamoalarda o'ynashni xohlaydi. "Manchester Yunayted"bunday futbolchilarni sotib oladigan holatda emas.
Biz Mane va Salohni dunyoning eng zo'rlari bo'lmagan paytlarida qo'lga kiritgan "Liverpul" kabi aqlliroq harakat qilishimiz kerak. Ular birgalikda yaxshi muhit hosil qildi va saralab olingan futbolchilar tufayli sovrinlar qo'lga kiritdi. Bu zr misol", – dedi Kantona.
Fikrlar