MYU Barselonaga uchadigan futbolchilar ro'yxatini elon qildi
15 apr 2019 14:44
Yangiliklar


MYU Barselonaga uchadigan futbolchilar ro'yxatini elon qildi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher "Barselona"ga qarshi bahs uchun qaydnomaga kiritgan futbolchilar ro'yxati malum bo'ldi.
Qaydnoma
Darvozabonlar: David de Xea, Serxio Romero, Li Grant.
Himoyachilar: Diogu Dalot, Matteo Darmian, Eshli Yang, Fil Jons, Viktor Nilsson-Lindelef, Markos Roxo, Kris Smolling, Lyuk SHou.
Yarim himoyachilar: Fred, Nemanya Matich, Skott MakTominay, Andreas Pereyra, Pol Pogba, Jessi Lingard, Xuan Mata.
Hujumchilar: Antoni Marsyal, Aleksis Sanches, Romelu Lukaku, Markus Rashford.
Eslatib o'tamiz, Lyuk SHou sariq kartochkalar soni ko'payib ketgani uchun "Barselona" bilan bahsda ishtirok etmaydi.
Kataloniya klubi hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi bahsni Feliks Brix boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar