So’nggi yangiliklar

11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  3 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3

MYU "Atletiko" futbolchisini 30 mln. evroga sotib olishi mumkin Yangiliklar

MYU "Atletiko" futbolchisini 30 mln. evroga sotib olishi mumkin

"Atletiko" "Manchester Yunayted" uchun Konor Gallaxerning transfer narxini belgiladi.

MYU yozgi transfer oynasi oxiriga yaqin sobiq "Chelsi"  yarim himoyachisini olish imkoniyatini ko'rib chiqqan, ammo 25 yoshli futbolchi klubda qolishi aytilgan edi.

Shunga qaramay, mankunianlar qishda Gallaxer nomzodiga qayta ishora qilishi mumkin. Avval xabar qilinganidek, angliyalik futbolchi 2026 yilgi JCHda qatnashish imkoniyatlarini oshirish uchun ko'proq o'yin amaliyoti xohlaydi.

Gallaxer 2024 yil yozda "Atletiko"ga 34 mln funt evaziga o'tgan, joriy mavsumda esa madridliklar safida faqat 3 ta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Insayder Fabricio Romano o'z YouTube-kanalida shunday dedi:

"Konor Gallaxerning yanvar oyida yoki, ehtimol, yozda 'Atletiko Madrid'ni tark etish ehtimoli bor. Bu bitim formulasiga ham bog'liq bo'ladi. 'Manchester Yunayted' avgust oyining so'nggi kunlarida Gallaxerga qiziqqan, ammo 'Atletiko' uni ijaraga berishni rad etgan — ularda bunday reja yo'q.

Agar doimiy transfer bo'yicha taklif tushsa, vaziyat boshqacha bo'lishi mumkin. Taxminan 30 mln evro atrofidagi summa haqida gap ketmoqda. Manbalarning aytishicha, bu yanvarda Konor Gallaxerni qo'lga kiritishning yaxshi yo'li."

Romano qo'shimcha qildi: Angliya va Italiyadagi boshqa klublar ham Gallaxer bilan bog'liq vaziyatni kuzatib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
02 dek 05:09:24
Muhammadali Sirojiddinov
Myu ham chelse qilgan iwni qiliwi kere oʻyinchilarni olib oʻziga kerakli tarkibni yegʻiwi kere bowqa chora yoʻq
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика