MYU Xoylund uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda
18 iyu 2023 17:04
Yangiliklar
MYU Xoylund uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda
"Manchester Yunayted" "Atalanta"ning hujumchi Rasmus Xoylund bo'yicha birinchi taklifini tayyorlab qo'ydi.
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Unga ko'ra, mankunianlar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan. "Atalanta" 20 yoshli daniyalik uchun 70 mln evro talab qilmoqda. Qolaversa, bergamoliklar MYU o'z futbolchilarini shartnomaga qo'shishini istashmayapti.
Xoylund "Atalanta" safida 2022 yilning avgustidan buyon o'ynaydi. Hujumchi 2022/23 yilgi mavsum Italiya jamoasi safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 45 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar