MYU "Aston Villa" etakchisi uchun 70 million funt ajratadi
10 mar 2020 22:20
Yangiliklar
MYU "Aston Villa" etakchisi uchun 70 million funt ajratadi
"Daily Mirror" xabariga ko'ra, yozda "Manchester Yunayted" klubining hujum chizig'ini kuchaytirish yo'lida bir nechta qadam tashlanadi.
Jumladan, "qizil iblislar" rahbariyati "Aston Villa" sardori Jek Grilishni xarid qilmoqchi. MYU mutasaddilari angliyalik hujumkor yarim himoyachi uchun 70 million funt ajratishga tayyor.
24 yoshli Grilishning o'zi "Aston Villa" joriy mavsum yakunida APLni tark etsa, yuqori divizionning boshqa jamoalaridan tushadigan takliflarni ko'rib chiqishi mumkinligini bayon qilgandi.
Malumot uchun, APLning davom etayotgan mavsumida 26 o'yinda maydonga tushgan angliyalik futbolchi o'z hisobiga 7 gol, 6ta samarali uzatma yozdirib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar