MYU agar CHLga chiqa olsa, Sancho uchun 120 million evro to'lashga tayyor
15 iyu 2020 15:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581370_original.jpg)
![](/upload/storage/581370_220.jpg)
MYU agar CHLga chiqa olsa, Sancho uchun 120 million evro to'lashga tayyor
"Manchester Yunayted" "Borussiya" (Dortmund) yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni xarid qilmoqchi.
Angliya klubi agar kelasi mavsum CHempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kirita olsa, "Borussiya" talab qilayotgan 120 million evroni to'laydi.
Agar "Manchester Yunayted" Evropa Ligasida o'ynasa, hech qanday bitim amalga oshmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Borussiya" shart qo'ygan: agar MYU Sanchoni sotib olishni xohlasa, bitim 10 avgustga qadar yakunlanishi kerak.
Sancho joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 16ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar