MYU 37 yoshli darvozabon bilan hamkorlikni davom ettiradi
05 mar 2020 23:33
Yangiliklar


MYU 37 yoshli darvozabon bilan hamkorlikni davom ettiradi
"Manchester Yunayted" klubi darvozaboni Li Grant o'zaro hamkorlik muddatini uzaytirish bo'yicha jamoa rahbariyati bilan kelishuvga erishdi.
37 yoshli angliyalik darvozabon "qizil iblislar" safida 2020/21 yilgi mavsum yakuniga qadar qoladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Grant MYU safiga 2018 yilning yozida "Stok Siti" klubidan kelib qo'shilgandi. O'shandan buyon posbon manchesterliklar safida faqat bir marta (2019 yilning noyabrida Angliya liga kubogi doirasidagi bahsda) maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar