MYU 18 yoshli Garnacho bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytiradi
04 fev 2023 12:55
Yangiliklar
MYU 18 yoshli Garnacho bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytiradi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Alexandro Garnacho bilan yangi shartnoma borasida deyarli kelishib oldi.
"AS" xabariga ko'ra, har ikki tomon iqtisodiy shartlar va bitim muddatidan mamnun. SHartnoma 2028 yilgacha amal qiladi. Endi faqat imij huquqi masalasi bo'yicha kelishib olish qoldi.
Avvalroq yosh futbolchiga "Real" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Garnachoning amaldagi kelishuvi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning narxini 5 million evroga baholamoqda.
Xavbek joriy mavsum MYU asosiy tarkibida barcha musobaqalarda 20 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar