Mxitaryan "Roma"ning to'laqonli futbolchisiga aylandi
31 avg 2020 23:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589843_original.jpg)
![](/upload/storage/589843_220.jpg)
Mxitaryan "Roma"ning to'laqonli futbolchisiga aylandi
Armanistonlik Genrix Mxitaryan "Arsenal" bilan shartnomasini bekor qildi.
London klubi va yarim himoyachi o'zaro kelishuvga ko'ra o'rtadagi shartnomani bekor qildi. Kelishuv 2021 yilning yoziga qadar davom etishi kerak edi. SHu orqali xavbek "Roma"ning to'laqonli futbolchisiga aylandi. O'tgan mavsumda u rimliklar tarkibida ijara asosida 27 o'yinda qatnashdi va 9 gol hamda 6 assist qayd etdi.
31 yoshli Mxitaryan bunga qadar "SHaxtyor", Dortmundning "Borussiya"si va "Manchester Yunayted" jamoalari tarkibida ham o'ynagan. Armaniston termasi tarkibida u 86 o'yinida 29 gol kiritgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar