Mxitaryan "Roma" bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti
06 mar 2021 13:44
Yangiliklar


Mxitaryan "Roma" bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti
"Roma" rahbariyati yarim himoyachi Genrix Mxitaryanga yangi mehnat shartnomasi taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Bu borada yakuniy qaror joriy mavsum so'nggida qabul qilinadi. Mxitaryan hali bu borada ijobiy javob bermadi, sababi u joriy mavsumda jamoada qaysi o'rinni egallashini bilishni xohlayapti.
Agar klub evrokuboklarga yo'llanma olsa, katta ehtimol bilan tomonlar hamkorlikni davom ettirishadi.
Genrix joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar