Mxitaryan mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin

6 apr 2018, 22:52
“Arsenal” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan joriy mavsum oxirigacha maydonga tusholmasligi mumkin.

U Yevropa ligasi ¼ finali doirasida SSKAga (4:1) qarshi bellashuvda jarohat olgandi, deya xabar bermoqda Mirror nashri.

Ma'lum bo'lishicha, Mxitaryanning tiklanish jarayoni kamija olti haftaga cho'zilishi mumkin.

Joriy mavsumda Mxitaryan APLda 22 uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 9ta golga hammualiflik qildi.

Eslatib o'tamiz, Mxitaryan yanvar oyida “Manchester Yunayted”dan “Arsenal”ga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mirror