Mxitaryan: "Hujumkor futbolni yoqtiraman, ammo MYUda har doim bunday bo'lmadi"
01 mar 2018 17:14
Yangiliklar


Mxitaryan: "Hujumkor futbolni yoqtiraman, ammo MYUda har doim bunday bo'lmadi"
"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted"dan ketishi haqida gapirib berdi.
"Arsenal" hujumkor o'yin ko'rsatishini hamma yaxshi biladi va menga ham bu yoqadi. "Manchester Yunayted"da ham shunday o'ynaganmiz, ammo har doim bunday bo'lmagan. Hech kimni ayblamoqchi emasman, chunki har bir murabbiyning o'z uslubi bor. "Manchester Yunayted"ga to'g'ri kelmagan bo'lsam kerak.
Futbolchi himoyalanishni bilishi kerak - sen hujumchimisan yoki himoyachi buning farqi yo'q. Besh yoki olti futbolchi bilan himoyalanib bo'lmaydi, buni butun jamoa bajarishi kerak. Men ham tashkillashgan himoyada ishtirok etaman, bazida eplayman, bazida yo'q. Biroq birinchi navbatda jamoani o'ylayman, keyin o'zimni. Egoist emasman va to'pni qabul qilishim bilan vaziyat yaratishni o'ylayman" - deydi Mxitaryan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar