Mxitaryan: "Agar pul uchun o'ynaganimda, Rossiyaga ketgan bo'lardim"
15 noy 2021 21:37
Yangiliklar
Mxitaryan: "Agar pul uchun o'ynaganimda, Rossiyaga ketgan bo'lardim"
"Roma" hujumchisi Genrix Mxitaryan o'ziga qo'yilgan ayblovlarni yodga oldi.
Armanistonlik futbolchi "Borussiya"dan "Manchester Yunayted"ga o'tganida, bazi muxlislar futbolchi ko'proq maosh olish uchun transferga rozi bo'lganini aytishdi.
"O'shanda ko'pchlik juda ko'p bemani gaplarni aytishgan. Men qarorni klub bilan birgalikda qabul qildim. Qachondir Angliyada o'ynashni orzu qilardim, shu bois u erga borishga qaror qildim.
Odamlar Manchesterga pul uchun ketganimni aytishdi. Bu bemanilik! Agar pul uchun futbol o'ynaganimda, Rossiyaga yoki boshqa joyga ketardim", - dedi Mxitaryan.
Fikrlar