So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

Muzaffar Muzaffarov: Tailand va Malayziyadan, poytaxtning kuchli klubidan takliflar bo'lgandi, ammo... Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov: Tailand va Malayziyadan, poytaxtning kuchli klubidan takliflar bo'lgandi, ammo...

So'nggi mavsumlarda chiroyli o'yin namoyish etayotganiga qaramay, bir jamoa safida ikki yil harakat qilmayotgan Muzaffar Muzaffarovdan muxlislar har doim ko'p narsalarni kutishadi.

Haqiqatdan ham iqtidorli futbolchi tez orada milliy terma saviyasiga chiqsa ajab emas. Xabaringiz bor, Muzaffar ushbu mavsum boshida AGMK safiga borib qo'shildi. Superliga boshlanishidan oldin biz futbolchi bilan suhbatlashdik.

- 3-sinfligimda “Paxtakor” akademiyasiga qabul qilindim. O'shanda ota-onamdan uzoqda yashadim. Biroq muammolar ko'payib ketdi. O'shanda oila azolarim ham Toshkentga ko'chib keldi. Men esa CHilonzordagi “Paxtakor” akademiyasiga joylashdim. Otamni murabbiy bo'lganligi uchun ham qaysi jamoa bilan shartnoma imzolasam ham aynan ularning sharofati evaziga bo'lmoqda deb o'ylashadi. Ammo unday emas. O'z kuchim bilan “So'g'diyona”da o'ynadim, AGMKga o'tdim.

- O'tgan mavsum hamda “Neftchi”dagi faoliyatingiz haqida to'xtalib o'tsangiz.
- To'g'risini aytganda, “Neftchi”ning oldiga yuqori vazifalar qo'yilgandi. Vadim Abramov jamoaga bosh murabbiy bo'lganidan so'ng, o'yin sifatimiz borasida o'sishga erishdik. Jamoa chiroyli o'ynadi. Biroq ichki muammolar sabab ishlarimiz ortga qarab ketdi. Omad etishmadi, natijalarga erisha olmadik. Oqibatda chempionatni autsayder sifatida yakunladik. CHempionatda oson o'yinning o'zi bo'lmaydi. Bizga barqarorlik ham etishmadi.

- AGMKga o'tishingiz borasida gapirib o'tsangiz. Kim sizga taklif bilan chiqdi? Boshqa jamoalardan ham takliflar bo'ldimi?
- Boshqa davlatlardan ham takliflar tushdi. Sir tutmayman, mavsum oldida menga 4 klubdan shartnoma imzolash borasida nomzodlar bor edi. Tailand va Malayziya jamoalaridan, poytaxtning kuchli klubidan ham konkret takliflar bo'lgandi. Biroq AGMK bilan kelishuvga erishib bo'lgandim. Menga shaxsan Viktor Kumikovning o'zi jamoaga qo'shilishim borasida aloqaga chiqdi. Ammo baribir menga AGMKning taklifi ko'proq yoqdi. Tailand va Malayziyadagilar AGMK bilan muzokaralar olib borishdi. Biroq klubdagilar menga ruxsat berishmadi.


- Yangi mavsumda jamoangiz oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
- 2018 yilgi o'zbek futboli oldingilaridan ajralib turadi. Endi biz oliy ligada emas, Superligada o'ylaymiz. AGMKning oldiga kuchli oltilikka kirish vazifasi qo'yildi. SHu sababdan Turkiyada ikki marta yig'in o'tkazdik. Bu esa yangi mavsum uchun tayyorgarlikni kuchaytirish uchun xizmat qildi deb ayta olaman.

- Muxlislarga tilaklaringiz.
- Futbol – millionlar o'yini, faqatgina muxlislar uchun o'ynaladi. Xudo xohlasa, yangi Superliga mavsumida tomoshabinlar har bir stadionni to'ldirishadi, deb umid qilaman. Bundan oldin o'zim o'ynagan “Neftchi” va “So'g'diyona”ga ham omad tilayman.


Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика