So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Muzaffar Muzaffarov: “Qizilqum" bilan o'yinda Fayzievning haqiqiy jamoasini ko'rasiz” Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov: “Qizilqum" bilan o'yinda Fayzievning haqiqiy jamoasini ko'rasiz”

Oliy liganing 15-tur o'yinlarida Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

Ushbu bellashuv oldidan norasmiy malumotlarga ko'ra klubni tark etayotgan “Sug'diyona” yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov saytimiz uchun intervyu berdi.

- Muzaffar, avvalo futbolga kirib kelishingizda kim sababchi bo'lgan?
- Meni futbolga kirib kelishimga asosiy sababchi dadam bo'ladilar. O'zlari futbol o'ynab yurgan kezlarida meni o'zlari bilan o'yinlariga olib borardilar. 5 yoshimdan beri futboldaman. Albatta o'zimda ham qiziqish bo'lgan.

- “Sug'diyona” jamoasiga kelgan paytlaringizda tezda jizzaxlik muxlislar olqishiga sazovor bo'ldingiz. Ayniqsa jarima zarbalarni juda chiroyli amalga oshirasiz. Bunga qanday izoh bergan bo'lar edingiz.
- Bu uchun menga ishongan barcha insonlarga rahmat aytaman. Bu albatta murabbiyim Davron Fayzievning samarali mehnati natijasidir. Men murabbiyimga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarga kelsak, jizzaxlik muxlislardek muxlislarni hali uchratmadim.  Har o'yinda menga ishonishlari  va qo'llab-quvvatlaganlari uchun katta rahmat. Jarima zarbalariga kelsak,  braziliyalik mashhur futbolchisi Junino Pernambukano o'yinlari va maydondagi harakati menga juda ham yoqadi. Asta sekinlik bilan  uning darajasiga etishga  harakat qilaman.



- Davron Fayziev qanday murabbiy?
- Men uchun eng yaxshisi.

- “Sug'diyona” jamoasi bilan erishgan eng muhim g'alaba qaysi bo'lgan?
- Zomin tumanida “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'yin. Jamoamiz bilan birgalikda erishgan eng muhim g'alabamiz bo'lgan.

- Eng alamli mag'lubiyatchi?
- Bu davrada “Obod” jamoasiga qarshi o'yin juda alamli bo'lgan.

- Yodizda  qolgan eng chiroyli golingiz?
- Oliy ligada “Qizilqum” jamoasi darvozasiga o'rgan golim. Oliy ligada ilk debyutim bo'lgan.

- Birinchi davrada qaysi jamoadoshingiz siz uchun eng yaqini bo'ldi?
- Hamma jamoadoshlarim bilan yaxshi munosobatdaman. Ammo, eng yaqinim Sanjar Rashidov. U bilan nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida ham do'stmiz.

- Ushbu suhbatga tayyorgarlik jarayonida ijtimoiy tarmoqlarda sizning muxlislaringiz ham o'z savollari bilan murojat qilishgan. Ulardan biriga javob bersangiz. Sizning muxlisingiz qaerda o'qiganingiz haqida va faoliyatingizni qaerda boshlaganiz haqida so'ragan.
- Men Toshkentdagi “Paxtakor” akademiyasida tahsil olganman va faoliyatimni “Neftchi” yoshlari safida boshlaganman.



- Oxirgi paytda sizni “Sug'diyona” jamoasidan ketishigiz haqida juda ko'p norasmiy xabarlar tarqalgan. Haqiqatdan ham jamoadan ketishga qaror qildingizmi?
- Hali hammasi aniq emas. Bo'lajak o'yin ko'p ishlarga aniqlik kiritadi. Agarda ushbu qarorga kelsam, muxlislarim bu xabarni birinchilardan bo'lib biladi.

- Oliy liganing 15-tur doirasida “Sug'diyona” jamoasi Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi. Ushbu o'yin haqida fikringiz.
- Bo'lajak bellashuv juda qiziqarli bo'lishi tabiiy. Biz ushbu jamoaga qarshi kuchli tayyorgarlik qildik. Murabbiylarimiz bergan barcha ko'rsatmalarga amal qilishga harakat qilamiz. Maydonga g'alaba uchun tushamiz va bo'lajak bahsda barcha Davron Fayzievning haqiqiy komandasini ko'radi.

Muzaffar Muzaffarov hayotda ham juda kungli ochiq va samimiy inson. Intervyu davomida u o'zi haqida ko'p malumotlarini aytishni xohlamadi. Uning sevimli klubi  “Real Madrid”. Muzaffarovning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика