Muzaffar Muzaffarov: "Bu mavsum 10ta gol urmoqchiman"
31 mar 2016 11:27
Yangiliklar
Muzaffar Muzaffarov: "Bu mavsum 10ta gol urmoqchiman"
- Muzaffar, "Navbahor" bilan o'yin oldidan fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?
- SHu kungacha juda jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Jamoamiz ruhan va jismonan o'yinga tayyor. Bizni qiyin o'yin kutmoqda. Ammo maqsadimiz bitta - G'alaba. "Navbahor" bizga doimo munosib raqib bo'lib kelgan. Maydonga biz yutuq uchun, g'alaba uchun va ochko uchun tushamiz.
- Malumki "Sug'diyona"da tarkib borasida ancha o'zgartirishlar kiritilgan. O'yin davomida kim bilan ko'proq kombinaciyalar yaratasiz? Umuman kim bilan ko'proq ishlaysiz?
- Bu yilgi tarkib o'tgan yilgidan ancha kuchli. Maydonda esa ko'proq Sardor Sobirxo'jaev va Sanjar Rashidov bilan ishlayman.
- Muzaffar Muzaffarov yangi mavsumda o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?
- Avvalambor muxlislar ishonchini oqlash. O'tgan mavsumda 4ta gol kiritgan edim. Bu yil 10ta gol urishni o'z oldimga maqsad qilib quydim.
Dildora Xolbaeva
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar