So’nggi yangiliklar

19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  0 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  2 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  4 18:10"Ал Батеҳ" — "Ал Жазира". Ғаниев ва Фекир асосий таркибда  0 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  1 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  5 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  2 13:52"Атлетик" афсонаси Икер Муньяин янги клуби билан шартнома имзолади  2 13:20Про лига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:50Футзал бўйича ЖЧ. Кимлар келди? Кимлар қачон келади?  5 12:30Кейн Роналду, Месси ва Модрич ҳақида гапирди  1

Muzaffar Abdullaev: “Uchta durangdan so'ng Muborakda g'alaba qozonmasak bo'lmasdi” Yangiliklar

Muzaffar Abdullaev: “Uchta durangdan so'ng Muborakda g'alaba qozonmasak bo'lmasdi”

Yildan-yilga sezilarli ravishda o'sishga erishib borayotgan Muzaffar Abdullaev qo'qonliklarning birinchi raqamli posboniga aylanib ulgurdi.

 Superliganing 5-turida “Mashal”ni safarda mag'lub etgan “Qo'qon-1912” tarkibida eng yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchilardan biri ham aynan Abdullaev bo'ldi. SHuning uchun saytimiz talqini bo'yicha Muzaffar ortda qolgan turning “Eng yaxshi darvozaboni” deya etirof etildi. SHuni inobatga olib  29 yoshli posbon bilan suhbatlashib, bir qator savollarga javob oldik.  

- Muzaffar, avvalambor, o'tgan turda jamoangizning qo'lga kiritgan safardagi muhim g'alabasi bilan tabriklaymiz. "Mashal"ga qarshi kechgan bahs xususida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Assalomu alaykum. Tabrik uchun rahmat. O'yinga keladigan bo'lsak, hammaga yaxshi malumki, “Mashal” yaxshi shakllangan jamoa. O'yin qiyin bo'ldi. SHunga qaramay safarda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Mazkur uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Maqsadimiz Muborakdan g'alaba bilan qaytish edi. Ungacha uchta o'yinda durang qayd etganimiz uchun muxlislarimiz bizdan bu safar g'alaba kutayotgandi. Ushbu qo'lga kiritilgan g'alabani ashaddiy ishqibozlarimizga va umuman Qo'qon xalqiga bag'ishlaymiz.  

- Superliganing 5-turida SA talqini bo'yicha eng yaxshi darvozabon bo'ldingiz. Bunday bo'lishini o'zingiz kutganmidingiz?

- Har bir o'yinda darvozani xuddi final uchrashuvi kabi qo'riqlab boraman. Championat.asia saytini doimiy tarzda kuzatib boraman. Albatta 5-turning “Eng yaxshilari”ni ko'rib juda xursan bo'ldim. Menimcha har qanday futbolchiga o'zi haqida ijobiy fikrlarni qaerdadir o'qib yoki kimdandir eshitish juda yoqimli. Bunday etirof menga keyinchalik yanada motvaciya beradi. Xudo xohlasa, bo'lajak uchrashuvlarda ham menga ishonch bildirgan insonlarni ishonchini oqlashga bor kuchim bilan xarakat qilaman va ularni yuzini erga qaratib qo'ymiman.  

- "Qo'qon-1912" tarkibida bir necha yillardan buyon o'ynab kelmoqdasiz. Aytingchi jamoangiz bu yil medallar uchun kurasha olishiga xar tomonlama imkoniyatlari etarlimi?

- Yaratganga shukurki, jamoamiz bu yil ham yomon emas. “Qo'qon-1912”da o'ynab kelayotganimdan faxrlanaman. Ishonamanki jamoamiz bu yil sovrinli o'rinlar uchun kurashadi. Jamoadoshlarimga ishonaman. Oldimizga qo'yilgan vazifani ortig'i bilan bajarishga kuchimiz etadi. 

- Bu yil "Qo'qon-1912" tarkibida sizdan tashqari Xurshid Xodjaev va Eldr Adhamov singari posbonlar ham bor. Ammo hozircha barcha o'yinlarda murabbiylar sizga ishonch bildirmoqda. Hamkasblaringiz bilan bo'layotgan raqobat to'g'risida nima deysiz?

- Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi deb bejizga aytishmagan. Raqobatdan sira qo'rqmayman. Agarda o'z kuchimga ishonmaganimda futbolchilikni tanlamagan bo'lardim. Jamoada sog'lom raqobat hukmronlik qilmoqda. O'yinga kim ko'proq tayyor bo'lsa, murabbiy o'sha shogirdini maydonga tushiradi.  

-Ortda qolgan 5 turda sizga ko'proq qaysi darvozabonlarning xarakatlari yoqmoqda?

- Nima desam bo'ladi? To'g'risi, Superliganing har bir o'yinini doim ham ko'rib borishni imkoni bo'lmayapti. Menimcha chempionatda yomon darvozabonlarning o'zi yo'q. Meni quvontirayotgani jizzaxlik yaqin do'stim SHirinboy Abdullaev  oxirgi paytlar yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda. 

-Sizningcha bu yil qayi darvozabon Superligada kashfiyot bo'lishi mumkin?

- Bu borada hozircha dangal fikr bildirishga qiynalaman. Sababi chempionat startiga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Kim kashfiyot bo'lishi menga ham qiziq.  

-Superligada har mavsum to'plar yangilanadi. Bu yilgi to'plar haqida fikringiz qanday?

- Bu yil o'ynab kelayotgan to'pimiz yomon emas ekan. O'tgan yilgi Puma to'plaridan ancha yaxshi ekan. Avvaliga to'p bizga zarb bilan kelganida muammo tug'idirgandi. Hozir esa ancha ko'nikib qoldik. 

- VAR bo'yicha har kim turli xil fikr bildirmoqda. Sizningcha bugungi kunda jamoalarimiz VAR`ga qanchalik tayyor?

-  VAR`ni bo'lgani yaxshi menimcha. CHunki bahsli vaziyatlarni takroran ko'rib, odil qaror chiqarish imkonini beradi. Lekin har to'xtalishda hakamning VARga murojaat qilaverishi ham o'yin jozibasiga tasir o'tkazmasdan qolmayapti. Gol bo'lgan vaziyatlarda hakam ikkilansa yoki qizil kartochka ko'rsatiladigan xolatda VAR`ga etibor qaratsa menimcha qulayroq bo'ladi. VAR`ni kameralarini o'yin paytida ko'paytirish kerak. Stadionning har xil joyidan kadrlar qilib berilsa, hakamlarga ham qaror chiqarish uchun engillik bo'lardi.  

- Himoya chizig'i kuchli bo'lsa darvozabonlarga birmuncha osonroq bo'ladi degan gapga qo'shilasizmi? Umuman hozirgi mudofaa chiziq haqida fikringiz?

- Albatta qo'shilaman. Himoya chizig'i kuchli bo'lsa har qanday darvozabonning o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi. Jamoamizda hamma himoyachilarni yaxshi bilaman. SHuning uchun ham ularga o'yin paytida qo'rqmasdan to'pni pas orqali uzataman.Nimagaki u himoyachi katta extimol bilan xato qilmedi. Umuman olganda futbol jamoaviy o'yin bo'lgani uchun ham orqa chiziq vakillari bilan oldingi chiziq o'yinchilarini darvozabon bog'lab turadi. Posbonlar ham orqada ishonchli o'ynasa, oldingi chiziq futbolchilari ham to'pni oldirib qo'yishdan qo'rqmasdan dadil xarakat qiladi. 

- Bu yilgi chempionatda hozircha  2ta to'p o'tkazib yubordingiz. Ularni qaytarib yuborishni imkoni yo'qmidi?

- Hozir bu haqda fikr bildirsam balki bahona bo'lib qolar. O'tkazib yuborilgan gollarda tabiiyki mening ham xatoim bo'lishi mumkin. CHunki vaqtida jamoadoshlarimga to'g'ri ko'rsatma bera olmagandirman. Gol o'tkazib yubormaslik uchun ularni kerakli joylarga qo'ya olish ham darvozabonning vazifasiga kiradi. “Qo'qon-1912” jamoasini yuqori o'rinlar uchun kurashishida qo'limdan kelganicha bor kuchim bilan yordam berishga tayyorman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика